Islomiy banking to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi, u joriy yilda parlamentga kiritiladi, dedi MB raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev. Uning aytishicha, yaqin vaqt ichida mikromoliya tashkilotlarida islomiy moliyaviy xizmatlar to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar ham qabul qilinishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda elektr energiyasi, gaz va suv narxlarining liberallashtirilishi va uning narxlar o‘sishiga ta’siri 2023-yil uchun inflyatsiya prognozida nazarda tutilgan, dedi Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev.
Senat 2025-yilgacha banklarning ustav kapitalini bosqichma-bosqich kamida 500 mlrd so‘mgacha oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlarni ma’qulladi. Aksiyador va yakuniy benefitsiarlari ofshor zonada joylashgan norezidentlarga nisbatan talablar ham yumshatildi. MB rahbari o‘rinbosari o‘zgarishlarga izoh berdi.
O‘zbekiston qarzni jalb qilish qimmatga tushishi sababli katta ehtimol bilan birinchi yarimyillikda yevroobligatsiyalar chiqarmaydi, dedi Markaziy bank rahbari o‘rinbosari Behzod Hamroyev. Unga ko‘ra, qarz olish narxining oshishi hukumatni ortiqcha xarajatlardan qaytaruvchi omil bo‘lishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting